Vazirlik haqida

     Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi «Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5017-son Farmoni hamda 2017 yil 18 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-2900-son qaroriga asosan tashkil qilingan.
 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi va o‘z faoliyati yuzasidan Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga hisobot beradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tarkibiga qonun hujjatlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining tashkiliy tuzilmasiga kiritilgan korxona va tashkilotlar kiradi.

 

      Vazirlikning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

 

– Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi yagona davlat siyosatini hudud miqyosida tadbiq etish va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish;

 

-Ko‘p xonadonli uy-joy fondini mukammal va joriy ta’mirlash ishlarini tashkil etish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ko‘p xonadonli uylarni texnik holatini monitoring qilish;

 

 

– Ko‘p xonadonli uylarda suv ta’minoati, issiqlik ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini boshqarishning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;

 

– Ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish va umumiy mulkni saqlashga qaratilgan majburiy badallar miqdorini aniklash yuzasidan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga uslubiy ko‘maklashish;

 

 

– Ichimlik suv va kanalizatsiya ob’ektlarini, issiqlik ta’minoti tizimlarini aholi punktlarini rivojlantirish sxemalari va bosh rejalari bilan bog‘lagan holda rivojlantirish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturlarini amalga oshirilishini monitoring qilish;

 

– Issiqlik ta’minoti tizimida qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib, energiya va resursni tejaydigan yangi texnologiya va uskunalarni joriy qilish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish;
 

– Ичимлик сув, канализация, иссиклиқ таъминоти бўйича кўрсатиладиган хизматларга тариф сиёсатини шакллантириш учун ҳамда уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш соҳаси ташкилотларининг иқтисодий барқарорлигини мустаҳкамлаш юзасидан таклифлар ишлаб чиқиш;

 

– Markaziy qozonxonalarni, issikliq tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, shuningdek xonadonlar ichida alohida issiqlik ta’minoti tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish;

 

– Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasini inobatga olgan holda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida normativ- huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;

 

– Ichimlik suv, kanalizatsiya, issikliq ta’minoti bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarga tarif siyosatini shakllantirish uchun hamda uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi tashkilotlarining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

 

– Ko‘p xonadonli uy-joy fondini kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash borasida ishlarni tashkil qiladi va mahalliy ijro hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari hamda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.