Ko’p beriladigan savollarga javoblar

Ha, Shirkatdagi har bir uyning joy mulkdorlari yigʼilishida u ovoz beraoladi, Shirkat aʼzolari umumiy yigʼilishida muhokamada qatnashish huquqiga(ovoz beraolmaydi) ega. Mulkdor Shirkatdagi har bir uyning joy mulkdorlari yigʼilishida ishtirok etishi va umumiy mol-mulkni saqlash masalalari boʼyicha qoʼshma qaror qabul qilinishida ishtirok etish huquqiga ega, shuningdek Shirkat aʼzolari umumiy yigʼilishida muhokomada qatnashish huquqiga ega.
Mulkdor koʼp kvartirali umumiy mulkdagi oʼz ulushini begonalashtirishga, undan jismoniy yoki yuridik shaxslar foydasiga, shu jumladan uydagi yoki Shirkatdagi boshqa turar joy mulkdorlari foydasiga voz kechishi yoki oʼziga turar joy va/yoki noturar joy mulkchiligi huquqi asosida tegishli boʼlgan umumiy mulk huquqidagi ulushi yoʼqotilishiga olib keladigan boshqa xatti-harakatlarni sodir etishi mumkin emas. Koʼp kvartirali uydagi turar joy mulkdorlariga umumiy mulk umumiy ulushbay mulk huquqi asosida tegishlidir. Har bir mulkdorning koʼp kvartirali uydagi umumiy mulkka umumiy ulushbay mulk huquqi uning turar joyga boʼlgan mulk huquqidan ajralmasdir.
Shirkat aʼzosi Shirkat va Shirkatning boshqa aʼzolari bilan kelishmagan holda oʼziga mulk huquqi asosida tegishli boʼlgan turar joydan koʼzlangan maqsadga muvofiq egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish, shu jumladan uni qonunchilikda belgilangan tartibda ijaraga berish huquqiga ega. Mulkdor mustaqil Shirkat bilan kelishmagan holda oʼziga mulk huquqi asosida tegishli boʼlgan turar joydan koʼzlangan maqsadga muvofiq uyning boshqa mulkdorlar huquqlari va manfaatini buzmagan holda egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish huquqiga ega.
Shirkat boshqaruvi umumiy mol-mulkni saqlash ishlari rejalarining bajarilishi, amalga oshirilgan hamda rejalashtirilayotgan xarajatlar, majburiy badallar va toʼlovlarning yigʼimi, tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar (foyda) haqida shirkat aʼzolari oldida muntazam ravishda, uch oyda kamida bir marta hisobot beradi. Hisobot taqdim etish shakli shirkatning barcha aʼzolari uchun hisobotdan foydalanish erkinligini taʼminlashi kerak va u shirkat aʼzolarining umumiy yigʼilishi qarori bilan belgilanadi. Shirkat quyidagilarga majbur: mulkdorlarga umumiy mulkning holati, amalga oshirilgan va amalga oshiriladigan xarajatlar toʼgʼrisida axborot berish, Shirkat aʼzolari oldida mazkur Ustavda koʼzda tutilgan tartibda hisobot berish; umumiy harajatlar va umumiy harajatlardagi mulkdorlarning har oylik va maqsadli majburiy badallar miqdorlarini asoslab berishi kerak.
Ha, shirkat huquqlarga ega. mulkdorlar yoki ularning vakillari bilan bogʼlanish uchun muloqot axboroti (pochta va/yoki elektron manzil, telefon raqamlari) va turar joydan foydalanuvchilar soniga bogʼliq boʼlgan umumiy xarajatlar miqdorini taqsimlash maqsadida turar joyda istiqomat qiluvchilar soni haqidagi maʼlumotlarni soʼrab olish huquqlariga ega.
Ha, faqatgina avariya holatida mulkdorning oʼzi yoki uning vakili, yoki ichki ishlar va fuqarolarni oʼzini-oʼzi boshqarish vakilari ishtirokida. Koʼp kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlari avariya holati yuzaga kelgan taqdirda avariya holatini bartaraf qilish maqsadida taʼmirlash tashkiloti vakillariga egallangan turor joyga kirishni taʼminlashga majbur, agar xonadan egasi yoʼq boʼlgan taqdirda taʼmirlash tashkiloti vakillari xonadonga ichki ishlar organi va fuqarolar oʼzini-oʼzi boshqarish organ vakillari ishtirokida kirish amalga oshiriladi. Shirkat boshqa mulkdorlarning mulkiga va/yoki umumiy mulkka zarar yetkazishi mumkin boʼlgan avariyani bartaraf etish uchun Mulkdor binosiga darhol kirish (shu jumladan, belgilangan tartibda, Mulkdor yoʼqligida va avariya paytida uni xabardor qilish imkoni boʼlmaganda) huquqiga ega.
Ishonchnoma shirkat aʼzosining vakiliga shirkat aʼzolarining bitta umumiy yigʼilishida yoki ishonchnomada koʼrsatilgan vaqt davomida barcha yigʼilishlarida shirkat aʼzosining nomidan va uning manfaatlarini koʼzlab soʼzga chiqish hamda bitta yigʼilish kun tartibidagi masalalar yuzasidan yoxud barcha hollarda ovoz berish vakolatini berishi mumkin.
Shirkat aʼzosi oʼzinig vakilining ishnochnomasini umumiy yigʼilishda shaxsiy ishtrok orqali bekor kila oladi