Matbuot xizmati

Matbuot xizmatining asosiy vazifalari:

 

 

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (keyingi o‘rinlarda vazirlik deb yuritiladi) rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

 

axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni ta’minlash;

 

vazirlikning faoliyati, uning faoliyat sohasiga doir normativ-huquqiy xujjatlar to‘g‘risida keng jamoatchilikni xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;

ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish, Matbuot xizmati bilan doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini (matbuot uchun axborotlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatish, ommaviy tadbirlarni tashkil etish;

 

axborotni vazirlikning rasmiy veb-saytida tezkor joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab borish, Internet tarmog‘idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;

 

sohaga oid masalalar bo‘yicha axborot maydoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, ularga munosabat bildirishning turlari, usullari va darajasi bo‘yicha ekspertlar (mutaxassislar) bilan birgalikda takliflar tayyorlash, ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, Internet tarmog‘ida materiallar tarqatish bo‘yicha kompleks ishlarni tashkil etish;

 

vazirlik markaziy apparati boshqarma va bo‘limlari hamda vazirlikning hududiy va tarkibiy tashkilotlari bilan birgalikda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida tarqatish uchun xabar, axborot-ma’lumot tusidagi materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

 

vazirlik faoliyatini xorijiy ommaviy axborot vositalarida sifatli yoritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlaridagi vakolatxonalarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (kino, foto, audio va videomateriallar, bosma mahsulotlar va shu kabilar) bilan ta’minlash;

 

vazirlik faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holatini hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari pozitsiyasini tahlil qilish va ular to‘g‘risida vazirlik rahbariyatiga axborot berish;

 

vazirlik faoliyati sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallardan iborat ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.

 

Matbuot xizmatiga mas’ul:

Nurekeev Quwatbay Temirbaevich

Tel.: 223-24-48, (90) 652-42-32

Faks: 223-24-31

Elektron pochtaqqr@mjko.uz