Nukus shahridagi ko’p kvartirali uylarda olib borilayotgan ishlar

2021-yilgi manzilli dasturga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-apreldagi «2017-2021-yillarda ko’p xonadanli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chor-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2922-sonli qarori doirasida, aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida, Nukus shahridagi 18 ta ko’p kvartirali uylarning atrofidagi jami 4 678 kv. m. trotuarlarni beton qoplamasi bilan qoplash, shuningdek ularning atrofiga 12 ta bolalar maydonchalarini qurish rejalashtirilgan.

 

 

Bugungi kunda manzilli dasturga muvofiq, shaharning «Tung’ich qonis» mahalla fuqarolar yig’ini 21-kichik tumani hududidagi 1, 1 A, 2, 4 A, 5, 7, 8-sonli ko’p kvartirali uylar atrofidagi trotuarlar beton qoplamasi bilan qoplanmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Shuningdek, manzilli dasturga muvofiq ushbu hududdagi 21-kichik tumani 6-7-8-sonli ko’p kvartirali uynilarning oldilariga bolalar maydonchalari qurilmoqda.