O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vaziri Sh.Xidoyatov Qoraqalpog’iston Respublikasida

 

2021 yil 8 iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vaziri Sherzod Saidjanovich Xidoyatov xizmat safari bilan Qoraqalpog’iston Respublikasiga keldi.

 

Vazir Sh.Xidoyatov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.Sariev, Qoraqalpog’iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vaziri A.Dosnazarov va boshqa tegishli tashkilot mutasaddilari hamroxligida Qo’ng’irot tumanida bo’lib, tumandagi ko’p kvartirali uylar holati bilan tanishdi hamda uylarda yashovchi aholi bilan suhbatlashdi.

 

 

 

 

 

Dastlab tumanning «Ozodlik» mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi Beruniy ko’chasida joylashgan, bugungi kunda avariya holatida bo’lgan ikki qavatli uylarda yashovchi aholi bilan uchrashib, ushbu avariya holatidagi uylarning tez orada buzilishi, o’rnida yangidan ko’p qavatli uylar qurish, bu yerdagi aholini turar joy bilan bilan ta’minlash masalasi buyicha suhbatlashib, kelgusida bu yerda qurilishi rejalashtirilayotgan uylar bo’yicha ma’lumot berildi, shuningdek aholining takliflari tinglandi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Shundan so’ng vazir tumanning «Temiryo’l» MFY hududidagi yangidan qurilishi rejalashtirilayotgan ko’p qavatli uylarning joylashuv o’rni va qurilish loyihalari bilan tanishdi.

 

Shu yerning o’zida qurilish tashkilotlari rahbarlari bilan suhbatlashib, ushbu qurilishi rejalashtirilayotgan uylarning loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanishi, qurilishning mukammal olib borilishi, shuningdek, undagi muxandislik kommunikasiya tarmoqlarining montaj ishlarini puxta bajarish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.

 

 

 

 

 

Bu yerda avariya holatidagi uylarda yashab kelayotgan xonadonlarni ko’chirish masalasi ilgari surildi. Shu asnoda xalqning shart-sharoitini yaxshilash va turmush farovonligini oshirish ko’zda tutilishi takidlab o’tildi.

 

 

Qoraqalpog’iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi Axborot xizmati