Sifat va ko’nikma yoxud zamonaviy kommunalсhi nimalarni bilishi kerak?

Ehtiyotkorlik

 

 

Turli yo’qotishlarni oldini olish va sohani optimallashtirishda ushbu jihat o’ta muhim. Mavjud resurslarni boshqarish va to’g’ri taqsimlash bilan sohadagi muammolarni sezilarli darajada kamaytirishga erishish mumkin.

 

 

Ekologik fikrlash

 

Energiya, suv, tabiiy xom ashyo sarfini qisqartirish hamda chiqindilar hajmini kamaytirishga qaratilgan har qanday chora-tadbirlar tabiatni asrashga xizmat qiladi. Ya’ni, tejamkorlik bobida soha vakillari barchaga o’rnak bo’lishi lozim.

 

 

Badiiy mahorat

 

Ijodkorlik qobiliyati barcha sohalar uchun taalluqli. Estetik didning mavjudligi mijoz ehtiyojini qondirishda nostandart yechim topish imkonini beradi.

 

   Vaziyatni to’g’ri baholash

 

Aniq belgilanmagan sharoitda ham tezkor qaror qabul qila olish, vaqt va holatni oqilona boshqarish ko’plab muammolarni oldini olish imkonini beradi.

 

 

 

Liderlik qobiliyati

 

Yaxshi kommunalchi kuchli jamoa tuzishi va o’z oldiga aniq maqsadlar qo’yishi lozim:

 

–        muammoni aniqlash;

 

–        harakatlar rejasini tuzish;

 

–        jamoaga motivatsiya berish;

 

–        faqatgina yuqori ko’rsatkichlarni ko’zlash.

 

 

   Mijoz har doim haq!

 

Mijoz talabini to’g’ri anglash va u uchun ideal yechim taklif qilish kommunal sohada o’ta muhim. Zero, insonning birlamchi ehtiyojlari kommunal soha bilan bog’liq. Shuning uchun, muammoni bartaraf etishda tezkorlik va sifatga alohida e’tibor qaratilishi lozim.

 

 

   IT savodxonlik

 

Kommunal sohaga sun’iy intellekt va avtomatlashgan tizimni joriy qilish zamon talabi. Ushbu texnologiyalardan foydalanish ko’nikmasini o’zlashtirish, uni sohaga tatbiq qilish esa asosiy zarurat hisoblanadi.