Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vaziri Q.Tursunov Qoraqalpog’iston Respubilkasida

O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vaziri Qurbon Ibragimovich Tursunov Qoraqalpog’iston Respubilkasiga tashrif buyurdi.

 

 

Q.Tursunov 21 aprel kuni Nukus shahrida bo’lib, shahardagi “Kommunalliq issiliq orayi” DUK faoliyati bilan yaqindan tanishdi,

“Kommunalliq issiliq orayi” davlat unitar korxonasi hisobida 6 qozonxona, jami quvvati 36,1 Gkal/soat bo’lgan 15 dona qozonlar va uzunligi 9,1 km bo’lgan issiqlik tarmoqlari mavjud. Shundan Nukus shahri bo’yicha bugungi kunda 4 dona qozonxonadan issiqlik energiyasini oluvchi jami 19 dona ko’p kavatli uylarga hamda 10 ta ijtimoiy soha va boshqa ob’ektlarga issiqlik energiyasini yetkazib beradi.

 

 

 

 

Vazir o’rinbosari bu yerda korxona va qozonxonalarning bugungi kundagi holati, shuningdek, issiqliq ta’minoti tarmoqlari joylashuvi bilan tanishdi va tegishli ko’rsatmalar berdi.

 

Shundan so’ng Q.Tursunov soha rahbarlari bilan birga, Taxiatosh tumanini issiqlik ta’minoti bilan ta’minlovchi “Taqiyatas issiliq tarmaqlari” MСhJga tashrif buyurdilar.

 

Ma’lumot o’rnida, bugungi kunda “Taqiyatas issiliq tarmaqlari” MСhJ balansida, jami quvvati 0,344 Gkal/soat bo’lgan KOGON-200 rusumli 2 dona qozonlar va 17,7 km uzunlikdagi issiqlik quvurlari mavjud. Jamiyat Taxiatosh tumanidagi 1ta umumta’lim maktabi binosiga va “Taxiatosh IES»dan issiqlik energiyasini oluvchi, jami 64 dona ko’p kvartirali uylar shuningdek, 8 dona boshqa idoralarning 11 ta bino va inshootlariga issiqlik energiyasini to’liq va ravon yetkazib kelmoqda.

 

 

 

Vazir o’rinbosari bu yerda, korxona faoliyati bilan tanishdi. mutasaddi rahbarlar bilan kelgusi rejalar bo’yicha maslahatlashib, qilinishi kerak bo’lgan ishlar bo’yicha aniq topshiriqlar berdi.

Vazir o’rinbosari Q.Tursunovning Qoraqalpog’iston Respublikasiga safari davom etmoqda.

 

Qoraqalpog’iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi Axborot xizmati