18 aprel – O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasi xodimlari kuniga bag’ishlangan taqdirlash marosimi

2017 yil 18 aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5017-sonli Farmoni va “Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-2900-sonli qarori qabul qilindi.

 

 

 

 

Qaror asosida “O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasi xodimlari kunini belgilash haqida” Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 6 mart kuni qabul qilingan, Senat tomonidan 2018 yil 29 martta ma’qullangan O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, 18 aprel – O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasi xodimlari kuni etib belgilangan.

 

 

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 11 dekabrdagi 1004-sonli qarori bilan «O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish a’lochisi» ko’krak nishoni ta’sis etildi.

 

 

Qarorga muvofiq, ushbu ko’krak nishon bilan, mamlakatimiz aholisining uy-joy sharoitlarini yaxshilash, muhandislik kommunikatsiyalarini o’z vaqtida sifatli qurish va ta’mirlash, ularning atrofidagi hududlarni obodonlashtirish, uy-joy kommunal xizmatlar ko’rsatish tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va zamonaviy uskunalar bilan jihozlash ishlarida yuqori natijalarni qo’lga kiritgan, soha rivojiga munosib hissa qo’shgan fuqarolarni har yili 18 aprel – O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasi xodimlari kuni arafasida tantanali varishda mukofotlash ko’zda tutilgan.

 

O’tgan yillar mobaynida 18 aprel – O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasi xodimlari kuni respublikamiz bo’ylab yuqori saviyada, tantanali ravishda nishonlanib kelinmoqda.

 

16-aprel kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi tomonidan 18-aprel – O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasi xodimlari kunini belgilash va sohada yuqori natijalarni qo’lga kiritgan, soha rivojiga munosib hissa qo’shgan fuqarolarni munosib rag’batlantirish maqsadida tadbir tashkillashtirildi.

 

 

 

Tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o’rinbosari Е.Atashov, O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi bo’lim boshlig’i U.Abdusattarov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vaziri A.Dosnazarov hamda soha xodimlari va faollari ishtirok еtdilar.

 

 

 

Tadbirda Qoraqalpog’iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vaziri A.Dosnazarov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o’rinbosari Е.Atashov, O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi bo’lim boshlig’i U.Abdusattarovlar nutq so’zlab, yig’ilganlarni kasb bayrami bilan tabrikladi.

 

Tadbir, mukofotlash marosimi bilan davom etib, «O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish a’lochisi» ko’krak nishoni, O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligining tashakkurnomalari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligining hurmat yorliqlari o’z egalariga topshirildi.

 

 

 

 

 

Xususan, «O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish a’lochisi» ko’krak nishoni bilan quyidagi fuqarolar mukofotlandi:

 

– Dosnazarov Adilbek Alliyarovich – Qoraqalpog’iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vaziri ;

 

Ibragimov Ilxam Ismailovich – Qoraqalpog’iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligining bo’lim boshlig’i ;

 

Xodjaniyazov Jamshid Kamaraddinovich – Qoraqalpog’iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligining Ellikqal’a tumani bo’limi bosh mutaxassissi;

 

Uteniyazov Kurbanbay Imangalievich – Nukus shahridagi «Kurbanbay kommunal servis» uy-joy mulkdorlari shirkati raisi;

 

Arzimbetov Qidirbay Yakupbaevich – «Qoraqalpoq suv ta’minoti» MShJning Nukus shaxar oqova suv filiali texnigi;

 

Quyidagi fuqarolar, O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligining Tashakkurnomalari bilan taqdirlandi:

 

Seydabullaev Sultanbek Ziynatdinovich – O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi huzuridagi Ko’p qavatli uylarni va issiqlik tizimlarini qurilishi bo’yicha injiniring komkaniyasi Qoraqalpog’iston Respublikasi hududiy filiali direktori.

 

Madreymov Dawitbay Polatbevich – «Qoraqalpoq suv ta’minoti» MShJning Nukus shaxar suv oqova filiali mashinist-ekskavatorchisi.

 

 

Shuningdek, bayram munosabati bilan soha rivojigi munosib hissa qo’shib kelayotgan birqancha soha xodimlari Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligining hurmat yorliqlari bilan ham taqdirlandilar.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Shundan, so’ng taqdirlangan fuqarolar so’zga chiqib, hukumatimiz tomonidan ko’rsatilayotgan e’tibor uchun minnatdorchilik bildirdilar. Shu bilan birga bu ko’rsatilayotgan e’tibor soha hodimlariga yanada kuchli javobgarlik yuklashini, soha rivoji uchun yanada qattiq mehnat qilishga undovchi omil hisoblanishini a’lohida takidlab o’tdilar

 

 

 

 

 

Shuning bilan, 18 aprel – O’zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohasi xodimlari kuniga bag’ishlangan taqdirlash marosimi o’z nihoyasiga yetti.

 

 

Qoraqalpog’iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi matbuot xizmati