Q.Uteniyazov-«Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining jonkuyar xodimi» nominatsiyasi gʼolibi

 

 

Qoraqalpogʼiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligi tomonidan “Obod va xavfsiz mahalla» koʼrik tanlovining hududiy bosqichida Nukus shahridagi «Kurbanbay kommunal servis» uy-joy mulkdorlari shirkati raisi Uteniyazov Kurbanbay Imangalievich «Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining jonkuyar xodimi» nominatsiyasi boʼyicha gʼolibilikni qoʼlga kiritib tanlovning respublika bosqichiga yoʼllanma olgan edi.

 

 

 

 

Kuni kecha respublika miqyosida oʼtkazilgan koʼrik tanlovning «Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining jonkuyar xodimi» nominatsisida ham Uteniyazov Kurbanbay Imangalievich birinchi oʼrinni qoʼlga kiritib, diplom va qimmatbaho sovgʼalar bilan taqdirlandi.

 

 

 

 

 

Qoraqalpog’iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi matbuot xizmati