Korrupsiyaning oldini olish mavzusida amaliy seminar boʼlib oʼtdi

25 mart kuni Qoraqalpogʼiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʼrsatish vazirligida videoaloqa koʼrinishida tashkil etilgan seminarda Oʼzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʼrsatish vazirligining Komplaens – nazorat sektori mudiri D.Madaliev, shuningdek, vazirlik rahbariyati hamda shahar, tuman boʼlimlari xodimlari ishtirok etdilar.

 

 

 

 

Seminarda, Uy-joy kommunal xizmat koʼrsatish vazirligida Komplaens – nazorat sektori tashkil etilganligini, sektorning asosiy vazifa va funktsiyalaridan biri boʼlib, vazirlik va uning tizimida “inson omili” taʼsiri mavjud faoliyat yoʼnalishlarini aniqlash va uni bartaraf etish boʼyicha choralar qoʼllash, vazirlikda yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha “komplaens nazorat” tizimini joriy etish hamda ichki nazorat tizimini takomillashtirish boʼyicha ish olib borish, korrupsiya xavf-xatarlarini aniqlash, ularning kelib chiqish sabablarini oʼrganish va bartaraf etish ekanligiga aʼlohida to’xtalib oʼtildi.

 

 

Shu bilan birga, Vazirlikning 2020 yil 17 noyabrdagi 288-sonli buyrugʼi bilan tasdiqlangan “Uy-joy kommunal xizmat koʼrsatish vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati toʼgʼrisida Tartibi”, korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy tamoyillari va mazmun-mohiyati, korrupsiya bilan bogʼliq huquqbuzarliklarni sodir etgan vazirlik tizimi xodimlari oʼzining maqomi va egallab turgan lavozimidan qatʼiy nazar vazirlikning ichki hujjatlari va amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikga tortilishi qatʼiy belgilanganligi takidlandi.

 

 

Vazirlik tizimining har bir xodimi korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilganligi toʼgʼrisida ishonchli va asosli maʼlumotlar mavjud boʼlganida belgilangan choralarni koʼrish uchun toʼsqinliksiz idora rahbari va Uy-joy kommunal xizmat koʼrsatish vaziriga yoki Komplaens-nazorat sektor mudiriga murojaat qilishi mumkinligi, shuningdek, har bir xodim korrupsiyaga qarshi kurashishda faol qatnashishi zarurligi aytib oʼtildi.

 

 

Seminar soʼngida ishtirokshilarning savollariga javoblar berildi.

 

 

Qoraqalpog’iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish vazirligi matbuot xizmati