ISSIQLIK TA’MINOTI

ISSIQLIK TA’MINOTI TIZIMINI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH VA MODERNIZATSIYA QILISH

 

gelioqurilmalarni qo‘llash hisobga olingan holda mahalliy qozonxonalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, samarali mahalliy qozonxonalarni qurish, markaziy qozonxonalarni, issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish, shuningdek, xonadonlar ichida alohida issiqlik ta’minoti tizimlarini o‘rnatish borasida respublika issiqlik ta’minotini rivojlantirish dasturlarini amalga oshiradi;

 

issiqlik ta’minoti tizimida, jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib, energiya va resursni tejaydigan yangi texnologiya va uskunalarni joriy qilish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshiradi;

 

ko‘p xonadonli uylar, ijtimoiy va boshqa ob’ektlarda energiya samaradorligi yuqori mahalliy qozonxonalar qurish, shuningdek, xonadonlar ichida alohida issiqlik ta’minoti tizimlarini o‘rnatish orqali markazlashtirilmagan issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish choralarini ko‘radi;

 

jismonan va ma’nan eskirgan, samaradorligi past qozonxona agregatlari, nasos uskunalari, ishdan chiqqan magistral va taqsimlash issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qiladi hamda almashtiradi;

 

energiya resurslarini ishlab chiqarish va iste’mol qilishni normativ hisobga olishni yo‘lga qo‘yish, abonentlarni, issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun kelib tushadigan mablag‘lar va to‘lovlarni avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimini joriy qilish tadbirlarini amalga oshiradi;

 

issiqlik ta’minoti tizimida noishlab chiqarish xarajatlari oshishiga yo‘l qo‘ymaslik va issiqlik energiyasini etkazib berish, taqsimlash hamda iste’mol qilishda me’yordan ortiq yo‘qotishlarni kamaytirish hisobidan sarf-xarajatlarni qisqartirishga yo‘naltirilgan yagona texnik va tarif siyosatini amalga oshiradi;

 

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, loyiha-qidiruv ishlari, issiqlik ta’minoti ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishning manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlaydi;

 

markaziy qozonxonalar, issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihadan oldingi va loyiha hujjatlarini hamda mahalliy qozonxonalarni modernizatsiya, rekonstruksiya qilish va qurishga doir loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda ekspertizadan o‘tkazish sohasida ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydi;

 

O‘zbekiston Respublikasi hududida energiya samaradorligi yuqori mahalliy qozonxonalar, xonadonlar ichida alohida issiqlik ta’minoti tizimlari, shuningdek, quyosh kollektorlari (gelioqurilmalar) ishlab chiqarishni tashkil qilish va foydalanishga joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.