Statistik hisobot

Qoraqalpog’iston Respublikasidagi ko’p kvartirali uylarni ta’mirlash bo’yicha olib borilayotgan ishlar haqida

 

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-yanvardagi “2020 -2022 yillarda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infrastrukturasin rivojlantirish chora-tadbirlari haqida”gi PQ-4565-sonli qaroriga muvofiq, Orolbo’yi mintaqalarini rivojlantirish dasturi bo’yicha 2020-yilda respublikamizdagi ko’p kvartirali uy-joy fondini saqlash va obodonlashtirish ishlarini olib borish maqsadida 38 ob’ektda (tom qismini ta’mirlash, yolakalarni ta’mirlash, bolalar maydonchasi va sirtqi hojatxonalar qurish uchun ) jami 21, 8 mlrd. so’m xarajatlar sarflandi. Shundan, tumanlar kesimida keltiradigan bo’lsak:

 

 

 

Nukus shahrida 4,7 mlrd. so’m mablag’lar hisobidan 24 ko’p qavatli uylarning tom qismi ta’mirlandi, 8 uyning yo’lakchalari beton qoplamalari bilan qoplandi, 6 komplekt bolalar maydonchasi qurildi.

 

 

Qo’ng’irot tumaninda 2,5 mlrd. so’m mablag’lar hisobidan 16 ta ko’p qavatli uylarning  tom qismi ta’mirlandi, 14 ko’p qavatli uyning yo’lakchalari beton qoplamasi bilan qoplandi,  7 ta  komplekt bolalar maydonchasi qurildi.

 

Taxiatosh tumaninda 1,8 mlrd. so’m mablag’lar hisobidan 9 ta ko’p qavatli uylarning tom qismi ta’mirlandi, 4 ko’p qavatli uyning yo’lakchalari beton qoplamasi bilan qoplandi, 4 komplekt bolalar maydonchasi qurib bitqazildi.

 

Xojeli tumaninda 1,6 mlrd. so’m mablag’lar hisobidan 17 ko’p qavatli uylarning tom qismi ta’mirlandi, 6 ko’p qavatli uyning yo’lakchalari beton qoplamasi bilan qoplandi, 2 komplekt bolalar maydonchasi hamda 1 taumumiy foydalanish hojatxonalari qurilib, foydalanishga topshirildi.

 

To’rtkúl tumaninda 2,5 mlrd. so’m mablag’lar hisobidan 7 ko’p qavatli uylarning tom qismi ta’mirlash ishlari olib barilib, 16 ko’p qavatli uyning yo’lakchalari beton qoplamasi bilan qoplandi, 6 komplekt bolalar maydonchasi hamda 4 ta umumiy foydalanishdagi hojatxonalar yangidan barpo qilinib, foydalanishga topshirildi.

 

 Vazirlikka kelib tushgan yuridiklik va jizmoniy shaxslarning murojaatlari haqida ma’lumot