Ko’p xonadonli uy-joylar

KO‘P XONADONLI UY-JOY FONDINI SAQLASH VA ULARDAN FOYDALANISH TIZIMINI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH
VA TAKOMILLASHTIRISH

 

uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasini boshqarish borasida ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlar bozorini rivojlantirish imkonini beradigan amaliy vertikal tizimni yaratishga oid kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

 

ko‘p xonadonli uy-joy fondini ta’mirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha dasturlarni o‘z vaqtida amalga oshirish borasida kompleks tadbirlarni ta’minlaydi;

 

mavjud uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruv kompaniyalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yangilarini tashkil qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

 

ko‘p xonadonli uy-joy fondidan sifatli foydalanish va unda ta’mirlash-tiklash ishlarini o‘tkazish uchun Vazirlik hududiy bo‘linmalari huzuridagi «Ta’mirlash-tiklash xizmati» DUK faoliyatini muvofiqlashtiradi;

 

ko‘p xonadonli uy-joy fondini ta’mirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha dasturlar doirasida loyihadan avvalgi va loyiha hujjatlari uchun texnik topshiriqlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

 

investitsiya dasturlarining loyiha-smeta hujjatlarining va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarining, jumladan xalqaro moliya tashkilotlari kreditlarini jalb etgan holda o‘z vaqtida ishlab chiqilishini ta’minlaydi;

ko‘p xonadonli uy-joy fondini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va bu boradagi ishlarni amalga oshirishga doir manzilli ro‘yxatlarni tasdiqlaydi;

 

ko‘p xonadonli uy-joy fondini ta’mirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lardan samarali va maqsadli foydalanish choralarini ko‘radi;

 

ko‘p xonadonli uy-joy fondini ta’mirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish doirasida jalb qilingan buyurtmachilar va loyiha tashkilotlari ishlarini muvofiqlashtiradi;

 

o‘z vakolati doirasida uy-joy munosabatlari sohasiga oid masalalar, jumladan yashash mumkin bo‘lgan inshootlardan foydalanish qoidalarini tartibga soladi;

 

ko‘p xonadonli uyda bino mulkdorlarining umumiy mulkiga nisbatan energiyani tejash va energetika samaradorligini oshirish bo‘yicha bajarilishi shart bo‘lgan tadbirlarni belgilaydi;

 

aholini ko‘p xonadonli uylarni boshqarish va bunday boshqaruvni amalga oshiradigan tashkilotlarni nazorat qilish tizimining faoliyat ko‘rsatishi, uy-joy munosabatlari ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari to‘g‘risida axborot bilan ta’minlaydi;

 

aholi uchun arzon ko‘p xonadonli uylar qurish, aholi punktlarida joylashgan ko‘p xonadonli uylarni rekonstruksiya qilish, ulardan foydalanish, saqlash va ta’mirlash, ularning texnik va foydalanish holatini yaxshilash masalasida davlat boshqaruvi organlari va joylardagi ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

 

ko‘p xonadonli uyda bino mulkdorlarining umumiy mulkini saqlash, foydalanish va uning energetika samaradorligini oshirish bo‘yicha bajarilishi shart bo‘lgan tadbirlar ro‘yxatini tuzadi va tasdiqlaydi;

 

ko‘p xonadonli uy-joy fondining turar joy binolarini yashash uchun yaroqsiz deb tan olish tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshiradi;

 

ko‘p xonadonli uy-joy fondining avariya holati monitoringini olib boradi;

 

ko‘p xonadonli uy-joy fondini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash borasida joylardagi ijro hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.