Yuridik hám fizikalıq táreplerdiń múrájatları

O‘zbekiston Respublikasi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan

ishlash bo‘limi to‘g‘risida

NIZOM

 

I.Umumiy qoidalar

 

1.1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limi (keyingi o‘rinlarda Bo‘lim deb ataladi)ning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, shuningdek faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.

1.2. Bo‘lim uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga taalluqli jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga doir ishlarni amalga oshiradi va o‘z faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziriga (keyingi o‘rinlarda Vazir deb ataladi) hisobot beradi.

1.3. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Vazirning buyruq va ko‘rsatmalariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.

1.4. Bo‘lim o‘z faoliyatini davlat boshqaruv organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) markaziy apparatining boshqarma, bo‘lim, xizmat va tizimdagi korxona, tashkilotlar bilano‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

                 

II. Bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari

 

2.1. Quyidagilar Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

2.2. Vazirlik vakolatlariga tegishli masalalar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida qonun hujjatlarini ijro etish;

2.3. jismoniy va yuridik shaxslarning tushgan murojaatlari bo‘yicha, ularning ko‘rib chiqilishi natijalarini hisobga olgan holda, ma’lumotlar bazasini shakllantirishga doir ishlarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish;

2.4. jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarning Vazirlik vakolatiga kiritilgan masalalarga taalluqli murojaatlarini (takliflari, arizalari va shikoyatlarini) qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;

2.5. jismoniy va yuridik shaxslarni vazirlik rahbarlari tomonidan qabul qilish ishlarini muvofiqlashtirish;

2.6. jismoniy va yuridik shaxslarnining murojaatlari bilan bog‘liq ishlar holatini tahlil qilish va umumlashtirish;

2.7. elektron hujjat aylanishi tizimini keng joriy etish va ulardan samarali foydalanish;

2.8. tarkibiy bo‘limlar tomonidan murojaatlar ko‘rib chiqilishini doimiy nazorat qilish va uning monitoringini olib borish, ularning o‘z vaqtida va zarur tarzda ko‘rib chiqilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish;

2.9. Vazirlikning ishonch telefonini, vazirlik sayti orqali vazirning virtual qabulxonasini hamda vazirlikda fuqarolarning qabulini tashkil etish;

2.10. Vazir va uning o‘rinbosarlarining sayyor qabullari jadvalini tasdiqlatish va jadval asosida o‘tkazilishini tashkil etish;

2.11. tashkilotlarning bo‘lim vakolatiga taalluqli hisobotlarini qabul qilish va ularni umumlashtirish;

2.12. jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

2.13. tashkilotlarga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish;

2.14. bo‘lim o‘z vakolatlari doirasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

 

III. Bo‘limning huquqlari va javobgarligi

 

3.1. Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

3.2. vazirlikning apparat va Hay’at yig‘ilishlarida belgilangan tartibda ishtirok etadi;

3.3. Vazirlik markaziy apparatining boshqarma, bo‘lim, xizmat va tizimdagi korxona, tashkilotlardan jismoniy va yuridik shaxslarnining murojaatlari bo‘yicha Vazirlik vakolatiga kiradigan hujjatlar, statistika ma’lumotlar, tahliliy materiallar, xulosa va boshqa axborotlarni so‘rab oladi;

3.4. hukumat, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlariga qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqish uchun jismoniy va yuridik shaxslarnining murojaatlari yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va belgilangan tartibda rahbariyatga kiritadi;

3.5. o‘z vakolati doirasida jismoniy va yuridik shaxslarnining murojaatlari yuzasidan konferensiya, seminar va boshqa tadbirlar o‘tkazishni tashkillashtiradi va shunday o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etadi;

3.6. vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi boshqarma, bo‘lim, korxona va tashkilotlar va ularning rahbarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarnining murojaatlari bo‘yicha qonunchilik talablarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagani uchun vazirlik rahbariyatiga taqdimnoma va takliflar kiritadi;

3.7. rahabriyat bilan kelishgan holda jismoniy va yuridik shaxslarnining murojaatlarini ko‘rib chiqishda tegishli mutaxassis va ekspertlarni jalb qilish choralarini ko‘radi;

3.8. murojaatlarni ko‘rib chiqishning qonuniyligini ta’minlash va samaradorligini oshirish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek jamiyat va davlatning manfaatlari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etish, qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi.

3.9. Bo‘lim qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

 

IV. Bo‘lim faoliyatini tashkil etish

 

4.1. Bo‘limga Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Bo‘lim boshlig‘i boshchilik qiladi. Bo‘lim boshlig‘i bir nafar bosh mutaxassisga ega. Bosh mutaxassis Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

4.2. Bo‘lim boshlig‘i Bo‘lim faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.

4.3. Bo‘lim faoliyati xodimlarning lavozim yo‘riqnomasida belgilanadigan mehnat taqsimotiga asosan amalga oshiriladi.

4.4. Bo‘lim xodimlarining lavozim yo‘riqnomasi vazir tomonidan tasdiqlanadi.

4.5. Bo‘lim xodimlari o‘zlarining xizmat vazifalarini bajarish vaqtida, yuklatilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqqanliklari, shuningdek, huquqqa xilof harakatlar yoki harakatsizligi, xizmat (lavozim) vazifalarini bajarmaganliklari yoxud lozim darajada bajarmaganliklari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy yoki boshqa javobgarlikka tortiladi.

 

V. Yakunlovchi qoida

 

5.1. Bo‘limni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘limining

TUZILMASI

 

Bo‘lim boshlig‘i

 

Bosh mutaxassis

 

Jami: Bo‘limda 2 ta shtat birligi mavjud.