Ko’p xonadonli uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ko‘p xonadonli uy-joy fondini 2018/2019 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida bugingi kunda 1221 ta ko‘p xonadonli uy-joylar mavjud bo‘lib, ushbu ko‘p xonadonli uy-joylarga 102 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati hamda 8 ta professional boshqaruv kompaniyalari xizmat ko‘rsatadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 iyuldagi “Respublika iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarini 2018/2019 yillar kuz-qish mavsumiga barqaror ishlashga kompleks tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3849-sonli qaroriga muvofiq, tumanlar va Nukus shahri hokimliklari, sektor rahbarlari, tijorat banklari filiallari hamda xususiy uy-joy mulkdorlari bilan birgalikda 2018 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ko‘p xonadonli uy-joy fondi va unga tutash hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha manzilli dastur ishlab chiqilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlandi.

 

Tasdiqlangan dasturga muvofiq, 2018 yilning 11 oktyabr holatiga

251 ta uyning 216,1 ming kv m (reja 105,0%) tom qismi mukammal, 136 uyning 26,7 ming kv m (reja 103,0%) tom qismi joriy ta’mirlandi, 1115 ta kirish yo‘laklari (reja 92,1%) ta’mirlandi, 914 ta kirish yo‘laklariga temir eshiklar (reja 95,1%) hamda 1464 ta temir eshiklarga kodli qulflar (reja 94,6%), 3514,2 kv m kirish yo‘laklaridagi framugalarga oynalar (reja 93,0%) o‘rnatildi, 48,6 ming p/m tarnovlar (livnyovka) (reja 100,0%), 345 ta elektr shitlari (reja 93,5%), 200 ta uyning erto‘la qismidagi muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari (reja 93,5%) ta’mirlandi, 163 dona bolalar maydnonchalari (reja 97,6%) yangidan qurilib, 60 ta bolalar maydonchalari (reja 111,1%) ta’mirlandi, 206 ta garajlar tartibga (reja 113,8%) keltirilib, 749 ta noqonuniy qurilmalar buzib (reja 158,4%) tashlandi, 292 ta uy-joyning oldi qismidagi 72,8 ming kv m yo‘laklari beton qoplamasi bilan qoplandi (reja 93,6%) hamda 306 ta uyning fasad qismi (reja 100,0%) to‘liq ta’mirlandi.

Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun jami qiymati 60 mlrd 382,6 mln. so‘m mablag‘lar o‘zlashtirildi. SHu jumladan:

 

– 10 mlrd. 57,1 mln. so‘m tijorat bank kreditlari;

 

– 187,7 mln. so‘m homiy mablag‘lari;

 

– 50 mlrd. 115,4 mln. so‘mi Orol bo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi hamda mahalliy byudjet mablag‘lari;

 

– 22,4 mln. so‘mi shirkatlarning o‘z mablag‘lari o‘zlashtirildi.