Statistik xisobot

Ko’p xonadonli uy-joy fondini saqlash va ulardan foydalanish tizimini kompleks rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha:

 

Qoraqalpogʼiston Respublikasida joylashgan koʼp qavatli uy-joy fondini 2019/2020 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʼrish va kuz-qish mavsumini barqaror oʼtkazish maqsadida oʼtgan 2019 yilda qoʼyidagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan:

-275 ta uylarning tom qismlari mukammal va joriy taʼmirdan chiqarildi;

-109 ta uylarning yertoʼla qismidagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari taʼmirlandi;

-202 ta uylarning fasad qismlari va 637 dona kirish yoʼlaklari taʼmirlandi;

 

-432 ta uylarning kirish yoʼlaklaridagi framugalariga plastik oynalar oʼrnatildi;

-kirish yoʼlaklariga 823 ta temir eshiklar va kodli qulflar oʼrnatildi;

 

-uylarning 46,7 ming kv.m uy oldi qismidagi yoʼlaklari beton qoplamasi bilan qoplandi;

-uylar oldilariga 150 dona bolalar maydonchalari hamda 70 dona umumfoydalanish xojatxonalari yangidan qurildi;

-uylarning 293 dona elektr taqsimlovchi щitlari taʼmirlandi va tartibga keltirildi;

-uylar oldi qismiga 405 dona tashqi yoritqichlar oʼrnatildi;

-126 ta garajlar tartibga keltirildi va 273 ta noqonuniy qurilmalar bartaraf etilgandi.

 

Ushbu ishlarni amalga oshirish maqsadida barcha manbalar hisobidan jami 67,7 mlrd.soʼmlik mablagʼlar sarflandi, shu jumladan, “Orolboʼyi mintaqasini rivojlantirish jamgʼarmasi” hisobidan 54,7 mlrd.soʼm, Mahalliy byudjet mablagʼlari hisobidan 7,0 mlrd.soʼm, Tijorat banklari kreditlari hisobidan 1,4 mlrd.soʼm hamda Homiylar va shirkatlar tomonidan 4,6 mlrd.soʼm mablagʼlar sarflandi.

 

 

 

2019 yilda vazirlikga kelib tushga jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to’g’risida ma’lumot