• Виртуал қабыллаўхана
  • Сайт картасы
  • Кабинетке кириў

Ovqat paytida suv ichish mumkinmi?

Haqiqatan ham bir stakan suv ovqat hazm qilinishini yomonlashtira oladimi yoki bu shunchaki toʼqimami? Quyida shu haqda maʼlumot beriladi.

 

Hazm qilish jarayoni aslida qanday ishlaydi?

 

Hazm jarayoni ovqat ogʼiz boʼshligʼiga kirgan vaqtdan boshlanadi, chaynash va soʼlak fermenti yordamida aralashtiriladi va yumshatiladi. Ovqat hazm qilish oshqozonda uning sharbati taʼsiri ostida davom etadi, soʼng qisman hazm qilingan oziq-ovqat ingichka ichakka kiradi, u yerda safro kislotalari va hazm fermentlari taʼsiriga uchraydi. Аynan shu bosqichda ozuqa moddalarining taxminan 75 foizi soʼriladi. Keyin soʼrilmagan har bir narsa katta ichakka kiradi va tanadan chiqariladi. Ovqat hazm qilishning butun jarayoni — chaynashdan tortib chiqarilishgacha — 24 soatdan 72 soatgacha davom etadi.

 

Suv hazm qilishga xalaqit berolmaydi

 

Suv hazm qilish jarayoniga salbiy taʼsir koʼrsatishi mumkin degan fikr bir necha sabablarga koʼra notoʼgʼri hisoblanadi:

 

  • Suyuqlikning oshqozonda soʼrilishi juda tez sodir boʼladi — 15-20 daqiqa ichida, demak uning oshqozon sharbatini suyultirishi ehtimoliy taʼsiri qisqa muddatlidir.

 

  • Odatda, organizm ovqat isteʼmol qilinishiga uning hazmi uchun zarur boʼlgan miqdorda meʼda shirasini ishlab chiqarish orqali javob beradi.

 

  • Ovqat hazm qilish fermenti oshqozonda suv bor-yoʼqligidan qatʼi nazar faqat ovqatga taʼsir qiladi.

 

  • Va nihoyat, oziq-ovqat (ayniqsa sabzavot va mevalar) va hatto oshqozon sharbati tarkibida suv bor, shuning uchun uning oshqozonda boʼlishi tabiiydir va fiziologiyaga zid emas.

 

–Isteʼmol vaqtida ichimlik ichishga qarshi boʼlganlar suyuqlikning soʼlak ajralishiga taʼsir qilishini taʼkidlashadi (baʼzi ichimliklar bu jarayonga sekinlashtirishi mumkin). Аmmo soʼnggi tadqiqotlar natijasida olimlar hazm qilish sifati ishlab chiqarilgan tupukning hajmiga bogʼliqligini isbotlay olmadilar.

 

Bundan tashqari, insonning ovqat hazm qilish tizimi isteʼmol qilingan oziq-ovqat zichligiga moslashishga qodir. Bu shuni anglatadiki, suv oshqozon shirasini suyultiradi va ovqat hazm qilish jarayonini yomonlashtiradi degan fikr uydirmadan boshqa narsa emas.

 

Tadqiqotlar shuni koʼrsatdiki, tanovul vaqtida qabul qilingan suyuqlik oziq-ovqat hazm qilish tezligiga taʼsir qilmaydi va suyuq taomlar masalan smuzi yoki qattiqligicha va suv bilan isteʼmol qilingan mevalarni hazm qilish uchun deyarli bir xil vaqt zarur boʼladi.

 

Suv hazm qilish jarayoni uchun foydalimi?

 

Аslida, ovqatlanish vaqtida suyuqlik ichish hazm qilishga yordam beradi — hech boʼlmaganda chaynash va yutish bosqichida: suyuqlik ovqatni yumshatadi va uni qiziloʼngachga olib boradi.

 

– Suv, qoida tariqasida, organizm uchun juda foydali. U oziq-ovqat mahsulotlarini parchalashga va ular tarkibidagi ozuqaviy moddalar soʼrilishiga yordam beradi. Bundan tashqari, suv axlatni yumshatishga hissa qoʼshadi, bu orqali ich qotishi oldi olinadi.

 

 

Demak, suv ichish kerakmi?

 

Ovqatlanishdan oldin bir stakan suv vaqtincha toʼyish hissini beradi (yuqorida aytilganidek, suv 15-20 daqiqa ichida soʼriladi), chunki oshqozonni toʼldiradi. Bu yaxshimi yoki yomon, sizning maqsadlaringizga bogʼliq. Ovqatlanishdan oldin 1,5-2 stakan suyuqlik ichadiganlar, qoida tariqasida, kamroq taom isteʼmol qiladi. Shu orqali vazn yoʼqotishni rejalashtirganlar uchun foyda bor deyish mumkin. Аgar mushaklarning massasini orttirish niyatida va kechki ovqatga yuqori kaloriyali taom isteʼmol qilishni rejalashtirayotgan boʼlsangiz, ovqatlanishdan oldin koʼp suv ichmaganingiz maʼqul. Аmmo umuman olganda, chanqoqni bosish uchun ichilgan suv miqdori ovqat hazm qilish jarayoniga zarar bermaydi.

–  Shuningdek, ovqatlanishdan oldin oz miqdordagi suyuqlik isteʼmol qilish ogʼir holatdagi keksa kishilar, masalan postprandial gipotenziyadan (ovqatdan keyin qon bosimining keskin pasayishi) aziyat chekuvchilarda yuz beradigan xavfli holatning oldini olishga xizmat qiladi. Buvingiznikiga tashrif buyurganingizda unga bir stakan suv quyib berishga erinmang.

 

 

Xulosa

 

Ovqat paytida va undan keyin suv ichish zararli emas va ovqatlanishdan oldin 1-2 stakan suv ichish, agar siz ozroq ovqatlanishni va ozishni xohlasangiz foydali ham boʼlishi mumkin.

 

Manba: kun.uz